AsosiyJamiyat

Institut rektori Orol mintaqasini daraxtzorga aylantirishda tashabbus ko`rsatmoqda

'Institut rektori Orol mintaqasini daraxtzorga aylantirishda tashabbus ko`rsatmoqda'ning rasmi

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti rektori I.Yo`ldoshev hamda institutning Farg`ona mintaqaviy filiali direktorning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari R.Shukurov tashabbusi bilan Orol mintaqasida daraxtzorlar barpo etish loyihasi ishlab chiqildi, deb yozadi O`zA. Bu xayrli ishga O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Farg`ona mintaqaviy filiali hamda Nukus filiali jalb etildi. Ayni paytda Orol dengizi mintaqasiga turli mevali va manzarali daraxt ko`chatlari, qalamchalarini ekishga tayyorlanmoqda.

Aslida Orol mintaqasidagi halokat butun dunyoni tashvishga solib kelayotgan muammodir. Halokatni yumshatish yo`lida qilinayotgan bunday sa`y-harakatlar mintaqa muammolarini engillatishga xizmat qiladi.

Dengiz qirg`oqdan 180-200 km. uzoqlashib ketgani, 5,5 million gektar maydonda Orolqum paydo bo`lgani, undan har yili 600-700 million tonna zaharli tuz shamol va bo`ronlar ta`sirida katta mintaqalarga tarqalayotgani, zaharli tuzlar millionlab insonlar salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgani, bu ofatga qarshi faqatgina ko`pchilik bo`lib kurashish lozimligi bugun yaqqol namoyon bo`lmoqda.

– Yurtimizda BMT shafeligida Orol dengizi hamda Orolbo`yi hududi bo`yicha maxsus Trast jamg`armasini tuzishga qaratilgan harakatlar qat`iy qo`llab-quvvatlanib, 2017 yil 10 fevralda BMTning “Orolbo`yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo`yicha ko`p sheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojiasidan zarar ko`rgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash” dasturi amalga oshirila boshlandi,– deydi Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi O`rozboy Abdurahmonov.

htmlimage (1).jpg

    Boshqa yangiliklar