Amerikaning Minnesota shtatidagi Uilmar shahrida yashovchi erkak o`zi yasagan qo`lbola raketada tomodan pastga uchganda, yiqilib, tan jarohati oldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Erkak o`zi yurar chang`ili chanaga velosiped ramasi va motosiklaning tutun chiqaradigan quvurini o`rnatdi. Uningcha, mazkur moslamalar reaktiv kuchni harakatga keltirishi lozim bo`lgan. Yoqilg`i sifatida esa Heet antifrizidan foydalandi.
40 yoshli ixtirochi sinab ko`rish uchun o`zining ijod namunasini tomga olib chiqib, unga o`tirdi va dvigatelni ishga tushirdi. Tomdan uchgan chana 4 metr uchgandan keyin pastdagi to`siqqa borib urildi va qorga ko`mildi.
Nashrning xabar berishicha, shoshilinch xizmat xodimlari erkakni olgan tan jarohatidan qichqirgancha, garaj yo`lakchasida yotganini ko`rishgan va u kasalxonaga etkazilgan.