8 fevral kuni Toshkentga Belorussiyadan katta va o`rta hajmdagi "MAZ Lotos" rusumli ikkita tajriba avtobusi keltirildi. Bu haqda "Toshshahartrans" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, bu avtobuslar tabiiy gaz vositasida yuradi.
Ushbu avtobuslarning poli past bo`lib, nogironlar aravachalari va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulaylik yaratuvchi maxsus qurilma bilan jihozlangan.
Ma`lum qilinishicha, avtobuslar "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibiga kiruvchi avtoparklarda sinovdan o`tkaziladi.






