AsosiyDunyo

AQShda 11 yoshli bolaning qo`lidan shilliqurt o`sib chiqdi

'AQShda 11 yoshli bolaning qo`lidan shilliqurt o`sib chiqdi'ning rasmi

Amerikalik shifokorlar 11 yoshli bola qo`lini suv havzasida jarohatlagandan keyin undan shilliqurt o`sib chiqqanligining guvohi bo`lishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Tibbiyot tarixida ilgari uchramagan bunday hodisa haqida shifokorlar BMJ jurnalida maqola chop etishdi.

Suv havzasida qo`lini jarohatlagan 11 yoshli bolaning yarasiga molyuska tushib qolgan. Los-Anjeles pediatrlari yiringlab ketgan yarani ochishganda molyuska shilliqurtga aylanib ulgurgandi. Operasiya payti uning kattaligi 4 millimetrga teng bo`lgan. Bola mazkur shilliqurtni o`zida olib qoldi, biroq oradan bir kun o`tgach, shilliqurt o`lib qoldi.

Shifokorlar chop eitlgan maqolada bunday holatlarga e`tiborli bo`lish, kasallik tarixini, yiringli yaralarni yaxshi o`rganish lozimligini ta`kidlashdi.



    Boshqa yangiliklar