Pxyonchxandagi 2018 yilgi Olimpiada o`yinlarining ochilish marosimi uchun 65 million dollar mablag` sarflandi, deb ma`lumot berdi marosimning kreativ direktori Son Sin Xvan, deb yozdi RIA Novosti nashri.
“Ilgari bo`lib o`tgan ochilish marosimlari bilan raqobatlashish qiyin masala, chunki biz kichkina davlatmiz. Byudjetimiz katta bo`lmasa-da, esda qolarli shou o`tkazishga harakat qildik”, dedi Son Sin Xvan o`tkazilgan matbuot anjumanida.
Pxyonchxandagi 2018 yilgi Olimpiada o`yinlarining ochilish marosimiga 35 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurdi.






