AsosiyJinoyat

Kuyovini o`ldirish uchun odam yollamochi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Kuyovini o`ldirish uchun odam yollamochi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Samarqand shahar Registon mehmonxonasi bog`boni 1960 yilda tug`ilgan Yo.Shokirov Tayloq tumanida yashovchi kuyovi, S.Zohidovni o`ldirish uchun odam yollab berishni so`rab, hamqishlog`iga murojaat qilgan. Kuyovining o`limi uchun u 300 dollar va`da qilgan.

Bog`bonning hamqishlog`i bu haqda Oqdaryo tumani IIBga ma`lum qilgan. Shundan so`ng, IIB tomonidan maxsus tadbir uyushtirilgan.

«9 fevral kuni kuyovning yuz qismi qonga bo`yalgan holda mobil telefonga olingan surati Dahbed qo`rg`onidagi choyxonada bog`bonga ko`rsatilgan. Shundan so`ng, bog`bon 300 AQSh dollarini ‘yollanma qotil`ga bergan vaqti qo`lga olingan», — deyiladi IIV axborotida.

    Boshqa yangiliklar