AsosiyDunyo

Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokatga uchradi

'Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokatga uchradi'ning rasmi

11 fevral kuni “Saratovskie avialinii” kompaniyasiga qarashli bo`lgan Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan An-148 samolyoti parvozning 7-daqiqasida halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda “Interfaks”.

Orsk shahriga yo`l olgan samolyot bortida 71 kishi bo`lgan: 65 nafar yo`lovchilar va 6 nafar ekipaj a`zolari.

Halokat Moskva viloyati, Ramenskoe tumanidagi Argunovo qishlog`i yaqinida sodir bo`lgan.

“Ushbu halokatda yo`lovchi va ekipaj a`zolarining tirik qolishiga imkon bo`lmagan”, — deb izoh berdi qutqaruv xizmati vakili.

Ayni damda halokat yuz bergan joyda qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.

Ma`lumot uchun: An-148 samolyoti Ukrainada "Antonov" konstruktorlik byurosi tomonidan 2009 yilda ishlab chiqarish boshlangan. Samolyot 80 kishiga mo`ljallangan bo`lib, uzoqligi 4400 kilometrgacha bo`lgan yo`nalishlarda foydalaniladi.

    Boshqa yangiliklar