AQSh ning diqqatga sazovor joylaridan bo`lgan mashxur Grand-Kanon yaqinida sodir bo`lgan bir motorlik vertolyotning xalokati qurbonlari Britaniya fuqarolari ekanligi xaqida Sky News telekanaliga Britaniya tashqi ishlar vazirligi vakili xabar berdi, deb yozdi RIa.ru nashri.
Eurocopter EC 130 Vertolyoti bilan bog`liq noxush hodisa, shanba 10 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 17:20 larda sodir bo`lgan, xalokat sabablari noma`lum.
Vertolyot bortidagi yo`lovchilar soni yotti kishi atrofida bo`lgan. Yo`lovchilarining uch nafari halok bo`lgan, qolgan to`rt kishi og`ir ahvolda kasalxonaga yotkazilgan.
"Biz halokat qatnashchilari bo`lgan olti nafar Britaniya fuqarolarning oila a`zolariga qo`limizdan kelgan yordam ko`rsatmoqdamiz va AQSh shoshilinch xizmatlari bilan xamkorlikda ish olib bormoqdamiz" — deya xabar berdi telekanal tashqi ishlar idorasi vakilining so`zlarigi tayangan holda.