Yaponiyada rekord darajadagi qor yog`ishi tufayli etti kishi halok bo`ldi, yana 64 nafari turli darajada tana jaroxatlari oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Fukui prefekturasida besh kishi xalok bo`lgan, ulardan uch nafari o`z mashinalari ichida , qor mashina gaz chikarish quvurini yopib qo`ygani sababli zaharli gazdan halok bo`lgan. Bir kishi qor tozalash mashinasi ichida o`lik holda topilgan, o`lim sababi aniqlanmoqda.
Niigata prefekturasida keksa inson jasadi topildi. Taxminlarga ko`ra, u qor ostida bo`lgan oqar ariqni payqamagan va yiqilib tushgan. Yana bir kishi Fukuoka prefekturasida xalok bo`lgan. U motosiklida pochta tashiyotganida boshqaruvni yo`qotib yuk mashinasiga urilgan.
Jarohatlarning ko`pi qor tozalash paytida tomdan qulab tushish bilan bog`liqdir.
Meteorologlarning malumotlariga ko`ra, Fukui prefekturasining bir qator tumanlarida qor qatlami 2,5 metrdan baland, Niigatada esa 1 metrdan ortiqdir. O`tgan hafta davomida yog`gan va dam olish kunlari tingan qor yog`ishi, seshanba kuni qayta boshlanishi mumkin. Meteorologlar sutkasiga 60-70 santimetr qor yog`ishi mumkinligini bashorat qilmoqda.






