Qirolicha Elizaveta II ning nabirasi shahzoda Garri va uning qallig`i amerikalik aktrisa hamda fotomodel Megan Markl 19 may kuni unashtiruv marosimidan so`ng qirollik saroyi joylashgan Vindzor shaharchasi bo`ylab karetada parad yurishini amalga oshiradi, deb yozdi TASS nashri Kensington saroyi matbuot xizmati havolasiga tayangan holda.
To`y marosimining halqa shaklidagi yo`nalishi dastlab Vindzor saroyidan shaharning bir nechta markaziy shaharchalari orqali o`tadi. U erda kelin-kuyovni minglab mahalliy aholi va sayyohlar tabriklashi mumkin. Shundan so`ng kareta Vindzor bog`i — Long-uokning bosh xiyoboniga chiqadi va u orqali saroyga qaytadi.
Garri va Megan bu qisqa sayohat ko`p sonli odamlarga Vindzorda to`planish va bu o`ziga xos kun muhitidan bahramand bo`lish imkonini berishiga umid qilmoqda.