1

Farg`onada bedarak yo`qolgan tadbirkor yoqib yuborilgani aniqlandi

Jamiyat 13.02.2018, 09:27
Farg`onada bedarak yo`qolgan tadbirkor yoqib yuborilgani aniqlandi

Farg`ona viloyatining Bog`dod tumanida yashovchi T.Mamadaliev 4- fevral kuni IIBga murojaat qilib, o`g`li, xususiy tadbirkor, 1977 yilda tug`ilgan R.Mamadaliev bedarak yo`qolganligi haqida xabar berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 3 fevral kuni soat 11.00 larda Bog`dod tumani, Mirzaobod MFYda istiqomat qiluvchi U.Rahimov, Sh.Mirolimov va S.G`ulomqodirov mast holda bo`lgan tanishlari, shu mahallada yashovchi J.Turg`unov va Konizar MFYda yashovchi D.Xasanov bilan birga R.Mamadalievni Rishton tumanidagi «Bo`ston mazali taomlari» choyxonasidan ko`chaga chaqirtirgani ma`lum bo`ldi.

Ular R.Mamadalievni S.G`ulomqodirov boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinaga o`tqazib, «Mirzaobod tutzori» fermer xo`jaligi dala maydoniga olib boradi. Bu erda uni urib, hushsiz holatga keltirib, sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida ustiga benzin sepib, yoqib yuboradi.

Ko`rilgan choralar natijasida U.Rahimov, Sh.Mirolimov, S.G`ulomqodirov, J.Turg`unov va D.Xasanov qo`lga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1