1

6 kishining umriga zomin bo`lgan portlash sabablari aniqlandi

Jamiyat 13.02.2018, 10:56
6 kishining umriga zomin bo`lgan portlash sabablari aniqlandi

11 fevral kuni Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida xususiy uylardan birida yuz bergan gaz chaqnashi oqibatida insonlar qurbon bo`lgan haqida xabar bergan edik. 6 kishining umriga zomin bo`lgan portlash sabablariga aniqlik kiritildi, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Tumandagi Mustaqillik ko`chasida yashagan pensioner A. Abdullaevaning uyida mehmonda bo`lgan ukasi, Ishtixon tumanida yashovchi R.Primov 11 fevral soat 06.30 larda xonadagi elektr chirog`ini yoqadi. Gaz quvuridan sizib chiqib, xonada to`planib qolgan gaz va havo aralashmasidan portlash sodir bo`lib, uy devorlari va 2-qavatdagi beton plitalar ag`darilib tushadi.

Shu xonada uxlab yotgan A.Abdullaeva hamda uning voyaga etmagan 3 nafar nabirasi, Ishtixon tumanida yashagan singlisi M.Primova hamda uning qizi Yu.Vahobova devor va beton plitalari tagida qolib, voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. R.Primov jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1