1

Surxondaryoda 15 nafar shaxsga oqlov hukmi o`qildi

Jamiyat 13.02.2018, 13:52
Surxondaryoda 15 nafar shaxsga oqlov hukmi o`qildi

Jinoyat ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyati sudidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yili viloyatda ko`rilgan jinoyat ishlari 2016 yilga nisbatan 263 taga kamaygan.

Qilmishi uchun sudlangan shaxslarning 7,3 foiziga jarima, 35,1 foiziga ahloq tuzatish ishlari, 8,7 foiziga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Sudlanganlarning 0,1 foiziga qamoq, 19,1 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan. 10,8 foizi tayinlangan jazodan ozod etilgan bo`lsa, 10,8 foiziga shartli hukm qilingan. Jazo tayinlanmasdan ayblov hukmi chiqarilganlar 5,9 foizni tashkil etgan bo`lsa, 15 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan.

Masalan, jinoyat ishlari bo`yicha Uzun tumani sudi 2017 yil 21 noyabr kuni M.Narziqulova hamda A.Yusupovga nisbatan oqlov hukmi chiqardi. Ular dastlabki tergov organi tomonidan fuqarolik ishlari bo`yicha Denov tumanlararo sudining 2015 yil 29 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan “Pokiza hammom” jamoa korxonasiga tegishli barcha huquq tug`diruvchi va buxgalteriya hujjatlarini, muhr va tamg`asini mazkur korxona rahbariyatiga yuklashni belgilash haqidagi qismi ijrosini ta`minlashdan bo`yin tovlashda ayblangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Uzun tumani sudi sudlanuvchilar M.Narziqulova hamda A.Yusupovning harakatida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “a” bandi va 232-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo`lmaganini inobatga olib, ularni O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan oqladi.

Oshkoralik, adolat, insonparvarlik kabi yuksak tamoyillar jamiyatimizning bosh mezoniga aylanayotgan yurtimizda begunoh insonlar qonun himoyasida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1