AsosiyJamiyat

Andijonda 9 nafar “valyutufurush”ni qo`lga olindi (video)

'Andijonda 9 nafar “valyutufurush”ni qo`lga olindi (video)'ning rasmi

MXXning Andijon viloyati boshqarmasi hamda Prokuratura huzuridagi Departament xodimlari o`zaro hamkorlikda o`tkazgan tadbir davomida, Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani Qorasuv shahridagi Markaziy bozorda fuqaro Saydulla G`oziev “mijozi”ga 5500 AQSh dollari 8260 so`m kurs bilan 45 mln. 430 ming so`mga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Shu kabi yana bir holat Andijon viloyati Izboskan tumanida ham aniqlandi. Tezkor tadbir natijasida fuqarolar Hotam va Hayot Obidjonov, Hojiakbar Yangiboev hamda Sanjar Teshaboev oldindan o`zaro til biriktirib, xaridorga har bir AQSh dollarini 8250 so`mdan kelishib, 7800 AQSh dollarini 64 mln. 350 ming so`mga sotayotgan vaqtida qo`lga olingan.

Oltinko`l tumanida ham noqonuniy valyuta savdosi aniqlangan bo`lib, fuqarolar Umid Xolmirzaev, Qozim Ahrorov, Abdusamad Egamberdiev va Aziz Usmonovlar xaridorga 6 ming 600 AQSh dollarini 8250 so`mdan 54 mln. 450 ming so`mga sotayotgan vaqtida qo`lga olindilar.

Boshqa yangiliklar