Gonkongda boshlang`ich maktabdan bir necha metr narida joylashgan axlat konteynerini titkilagan ulkan yovvoyi to`ng`iz maktab o`quvchilarini dahshatga soldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mahalliy aholi to`ng`izga Pigzilla (Godzillaga o`xshash) degan laqab qo`yishdi. Yirtqichdan qo`rqib ketgan ota-onalar uni videoga olishdi.
Pigzillaning yonida bir nechta kichkina bolalari ham bor edi. Uning jinsi noma`lum. Ba`zilar uning bola ergashtirib yurganini ko`rib, ona to`ng`iz, deb fikr bildirishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan mazkur video 300 ming marotaba tomosha qilindi. Videoga izoh berganlar yirtqichning bolalarga hujum qilishi mumkinligidan xavfsirashdi va noqulay ekologik vaziyat tufayli to`ng`izlar och qolib, axlatxonalardan egulik izlayotgani haqida yozishdi.