AsosiyDunyo

Do`konchining xatosi tufayli oddiy ayol yutuqqa ega bo`ldi

'Do`konchining xatosi tufayli oddiy ayol yutuqqa ega bo`ldi'ning rasmi

Amerikalik ayol do`konchining xatosi tufayli sotib olgan lotoreya biletini bir oydan oshiq ko`tarib yurdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Viktoriya Etridj (Victoria Ethridge) Rojdestvo bayramidan bir necha kun ilgari savdo do`koni sotuvchisidan ikki dollarga arzon-garov lotereya chiptasini berishni so`radi. Biroq do`konchi adashib unga narxi biroz qimmat bo`lgan besh dollarlik lotereya chiptalarini uzatdi. Xatosini bilib qolgan do`konchi ayoldan lotereya chiptalarini qaytarishni iltimos qildi. Biroq 52 yoshli Etridj “Balki ular yutuqlidir” deb, chiptalarni o`zida qoldirishga qaror qildi.

Ayol haq bo`lib chiqdi. Lotereya chiptalaridan biriga 30 ming dollar yutuq chiqdi. Etridjning aytishicha, u yutuqqa ega bo`lganidan bexabar holda dekabr oyidan beri chiptalarni saqlab kelgan.

“Chiptalarni har doim hamyonimda olib yurardim. Unga hech kimning qo`li tegmagan. Bir marta turmush o`rtog`im ushlab ko`rgandi, xolos”, dedi ayol. Etridj mazkur yutug`ining puliga avtomobil sotib olishni niyat qildi.

    Boshqa yangiliklar