AsosiyJamiyat

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi IPAga a`zo bo`ladi

'O`zbekiston matbuot va axborot agentligi IPAga a`zo bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Jeneva (Shveysariya) shahridagi vakolatxonasi yordamida O`zbekiston matbuot va axborot agentligining Xalqaro noshirlar assosiasiyasiga (IPA) a`zo bo`lishi yuzasidan tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.


Bu haqda Agentlikning telegramdagi “Matbuot minbari” kanali orqali ma`lum qilindi.

Xalqaro noshirlar assosiasiyasi milliy, mintaqaviy nashriyot uyushmalarining dunyodagi eng yirik tashkilotidir. Afrika, Osiyo, Avstraliya, Evropa va Amerika qit`asining oltmishdan ziyod mamlakatida faoliyat yuritayotgan saksonga yaqin tashkilot uning a`zsi hisoblanadi. Uyushma 5,6 milliarddan ortiq xaridorni qamrab olgan yirik bozorga ega. Tashkilot a`zolari ushbu bozorlarda o`zlarining minglab matbaa mahsulotlarini namoyish etib boradi.

Ilgari mamlakatimizning noshirlik sohasidagi xalqaro aloqalari u qadar rivojlanmagan edi. Ayrim nashriyotlar faqatgina u yoki bu xorijiy davlatlarda o`tkaziladigan xalqaro kitob ko`rgazmalarida ishtirok etish bilan cheklangan, xolos. Dunyo mamlakatlarining ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa sohasida qo`lga kiritgan yutuqlari, boy tajribasi muntazam o`rganilmagan, o`zaro tajriba almashish yo`lga qo`yilmagandi.

Xalqaro mualliflik huquqini ta`minlash maqsadida Xalqaro noshirlar assosiasiyasi bugungi kunda savodxonlikni keng targ`ib qilish, mutolaani rag`batlantirish hamda jahon noshirlarining o`zaro tajriba almashishi, savdo-sotiq qilishi uchun qulay sharoit yaratish bilan ham shug`ullanmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Agentlik Xalqaro noshirlar assosiasiyasiga tashkilotga a`zo bo`lish tashabbusi bilan chiqdi. Yaqinda Agentlikka IPAdan maktub keldi va unda Assosiasiya Bosh kotibi janob Joze Borgino mazkur tashabbusni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qilgan. Shuni hisobga olib, ayni paytda Agentlik tomonidan tashkilotga a`zo bo`lish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar