AsosiyDunyo

Saraton o`smasini davolashning yangi uslubi topildi

'Saraton o`smasini davolashning yangi uslubi topildi'ning rasmi

Saraton kasalining eng og`ir asoratlaridan biri bu – uning organizmga tarqalib ketadigan metastazalaridir. Skripps instituti olimlari metastazalarni ozuqa bilan ta`minlab ularni o`sishiga ko`mak beradigan oqsilni topishdi, deb xabar berdi Sputniknews-uz nashri.

Kaliforniyada joylashgan Skripps instituti olimlari saraton kasali metastazalari tarqalishini to`xtatish yo`lini topishdi.

Ular buni inson organizmi o`sishi uchun javobgar bo`lgan TGF-β – oqsil o`sish faktori oqali amalga oshirish yo`lini aniqlashgan. Odatda TGF-βoqsil faktori inson sog`lom hujayralari o`sishi uchun javob beradi, lekin saraton kasali oqibatida u shaklan o`zgarishi (mutasiya) va zararli saraton o`smalari tarqalishiga sabab bo`lishi mumkin ekan.

Inson immuniteti har qanday zararli hujayrani tezda aniqlab, uni yo`q qilish qobiliyatiga ega bo`lsada, mutasiya qilgan TGF-βoqsili sog`lom oqsiliga juda o`xshash bo`lgani uchun inson immuniteti uni “ko`rmaydi”.

Kaliforniyalik olimlar esa mutasiya qilgan oqsil faoliyatini cheklaydigan, T-hujayralari etishtirishga muvaffaq bo`lishdi.



    Boshqa yangiliklar