AsosiyJamiyat

Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

'Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori Zohid Dusanov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi PQ-3525-sonli qaroriga ko`ra, mazkur agentlikka rahbar etib Aziz Abdullaev tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Agentlik rahbarining birinchi o`rinbosari lavozimiga Nozim Berdiev, o`rinbosar etib Alisher Temirov tayinlandi.

Aziz Abdullaev shu vaqtgacha “Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizasiyasi Davlat markazi” DUK direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar