«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi joriy yilning 5 aprelidan boshlab Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo`nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo`lga qo`yadi. Parvozlar payshanba kunlari «Boeing 787 Dreamliner» samolyotlarida amalga oshiriladi.
Quyida yo`nalishning harakatlanish vaqtlari ko`rsatilgan:
Payshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00
Payshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)
2018 yil 29 maydan 17 sentyabrga qadar esa Nyu-Yorkka qatnovlar haftasiga uch marta, seshanba kunlari ham «orzu laynerlari»da quyidagi jadval bo`yicha bajariladi (mahalliy vaqt):
Seshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00
Seshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)
Eslatib o`tish kerak, hozir «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka «Boeing 787 Dreamliner» samolyotlarida haftasiga bir marta yakshanba kunlari yo`lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda.






