AsosiyJamiyat

15 fevral kuni vaqti-vaqti bilan qor yog`adi

'15 fevral kuni vaqti-vaqti bilan qor yog`adi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja, Ustyurtning ayrim joylarida kechasi 20-23, kunduzi 15-18 darajagacha sovuq bo`ladi. Xorazm viloyatida kechasi 10-15, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 2 darajagacha iliq, cho`l hududlarida kechasi 13-18, ayrim joylarda 20 darajagacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanadi). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayish ehtimoli bor. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar