AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi vazirlik maqomini oldi

'O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi vazirlik maqomini oldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi vazirlik maqomini oldi.

O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasinig xabariga ko`ra, Shoakram Isroilov Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi endi O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga aylantirildi.


2017 yilning fevralidan O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Qurbonov o`rniga O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti sobiq rektori, mamlakat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shoakram Isroilov O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi.

Vazirning birinchi o`rinbosari sifatida shu kunga qadar Milliy olimpiya qo`mitasining birinchi vise-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Oybek Kasimov faoliyat olib boradi.


O`z navbatida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Iskandar Jo`raev Milliy olimpiya qo`mitasining birinchi vise-prezidenti lavozimiga tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar