Bugun, 15 fevral kuni tonggi taxminan soat 4:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan shaxsiy xonadonda yong`in sodir bo`ldi. Yong`in natijasida vafot etganlar bor.
Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berilishicha, dastlabki taxminalarga ko`ra, yong`in gaz-isitish moslamalaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda.