AsosiyDunyo

Ko`p xotinli JAR prezidenti o`z partiyasi bilan urishib qolib, iste`foga chiqdi

'Ko`p xotinli JAR prezidenti o`z partiyasi bilan urishib qolib, iste`foga chiqdi'ning rasmi

JAR prezidenti Jeykob Zuma televidenie orqali millatga murojaatida o`zining iste`foga chiqayotganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Zuma o`z nutqida 12 fevral kuni davlat rahbarini 48 soat ichida o`z joyini bo`shatib qo`yishni talab qilgan Afrika milliy kongressi ishidan norozi ekanligini ma`lum qildi.

Partiyadagilar 15 fevral kuni qayta ovoz berish orqali ayni paytdagi mamlakat vise-prezidenti bo`lgan Siril Ramaposni saylashni rejalashtirgan.

So`nggi paytlarda JAR oppozosiyachilari prezidentni davlat mulkini talon-taroj qilishda ayblagan. Zumaning davlat rahbarligidagi muddati 2019 yilda tugashi lozim edi. U mamlakatni 10 yil davomida boshqarib kelgan.

75 yoshli siyosatchining kelib chiqishi zuluslarga borib taqaladi. U zuluslar udumiga binoan ko`p xotinlilikni ma`qullaydi. Zumaning rasman besh nafar, norasmiy uch nafar rafiqasi bor. Ma`lumotlarga ko`ra, Zumaning 18 nafar farzandi bor.

    Boshqa yangiliklar