AsosiyDunyo

Hindistonlik erkak 7 yoshli bolani o`ldirib, jasadni bir oy chamadonda saqladi

'Hindistonlik erkak 7 yoshli bolani o`ldirib, jasadni bir oy chamadonda saqladi'ning rasmi

Hindistonning Nyu-Deli shahar polisiyasi 27 yoshli Avdesh Sakini ijarachilarining 7 yoshli farzandini o`ldirishda ayblandi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, jinoyatchi bolaning jasadini bir oy davomida chamadonda saqlagan.

7 yoshli Ashish Saini 7 yanvardan beri bedarak yo`qolgan, deb hisoblanib kelgan. Uning jasadi 13 fevral kuni bolaning ota-onasi ijarada yashovchi 27 yoshli Avdesh Sakining uyidan topildi.

Tergovchilar bergan ma`lumotga ko`ra, u ijarachilari bilan yomon munosabatda bo`lgan. Avdesh avvaliga bolani o`g`irlab, uning ota-onasidan pul talab qilmoqchi bo`lgan. U bolani velosiped sotib olib beraman, deb aldagan. Ashishni qidirish ishlari boshlangandan keyin jinoyat izini yo`qotish maqsadida bolani o`ldirgan va jasadni chamadonga yashirgan. Qo`shnilar uning uyidan chiqayotgan badbo`y hiddan shikoyat qilishgan, u esa uyida kalamush o`lib qolganini bahona qilgan.

Avdesh Saki qo`ng`iroqlarga javob bermagandan keyin polisiya undan shubhalanib, uyida tintuv o`tkazdi. Karavot tagidan esa bolaning jasadi solingan chamadon topildi. U badbo`y hidni yashirish maqsadida uyiga o`nlab atirlar olib kelib qo`ygan. Mazkur voqeadan bolaning otasi dahshatga tushdi. Chunki u Avdesh Sakining uyida 8 yildan beri ijarada yashar, bola yo`qolganda uni qidirishda Avdesh jonbozlik ko`rsatgan, hatto polisiyaga borib, uning yo`qolgani haqida xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar