“Mushuk ayol” nomini olgan Joselin Vildensteyn (Jocelyn Wildenstein) ismli oqsuyak xonim plastik jarrohlik haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
U bu haqdaDaily Mail nashriga intervyu berdi.
Vildensteyn aslida shvesariyalik bo`lgani uchun o`zgacha tashqi qiyofaga egaligini ma`lum qildi. U aksariyat hollarda o`zini Bridjit Bardo bilan adashtirishlaridan nolidi. “Bu aqlsizlik, biror fransuz restoraniga tashrif buyursam, menga darrov “Salom, Bridjit!” deyishadi va hamma menga o`girilib qaraydi”, dedi 77 yoshli Vildensteyn.
Uning 50 yoshli turmush o`rtog`i, dizayner Lloyd Klyayn (Lloyd Klein) rafiqasining tashqi qiyofasi bundan 16 yil ilgari qanday bo`lgan bo`lsa, shundayligicha qolganini ta`kidladi.
Joselin Vildensteyn 90 yillarda milliarder Alek Vildensteynga turmushga chiqib, u bilan ajrashganda 2,5 milliard dollarga ega bo`lgandan so`ng mashhurlikka erishgan edi.






