AsosiyDunyo

Yo`qolgan mahbus shiftdan topildi

'Yo`qolgan mahbus shiftdan topildi'ning rasmi

Amerikaning Kolorado shtatidagi Kasl-Rok shahrida yo`qolgan mahbu shiftdan topildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Duglas shahridagi qamoqxonalardan birida saqlanayotgan 34 yoshli Kodi Kruker (Cody Crooker)ning yo`qolganiligi 13 fevral kuni tongda ma`lum bo`ldi. Qamoqxona zudlik bilan o`rab olindi va polisiyachilar it yordamida jinoyatchini qidira boshlashdi.

Oradan bir soat o`tar-o`tmas Kruker topildi. U qamoqxona hududini tark etishga ulgurmagan edi. Qochoq shift orasiga yashirinib olgani ma`lum bo`ldi. Bunday chiqish qiyin bo`lgan joyga uning qanday yashirinib olgani noma`lumligicha qoldi.

Kruker qalbaki hujjatlardan foydalanib, shaxsini yashirgani tufayli fevral oyining boshidan beri qamoqxonada saqlangan. Bundan tashqari, o`g`rilik va giyohvandlik moddasi iste`mol qilganlikda ham ayblangan.

    Boshqa yangiliklar