Dog`iston sobiq bosh vaziri Abdusamad Gamidovning uyidan noqonuniy ravishda saqlangan oltin to`pponcha topildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Gamidovning uyidan topilgan to`pponcha aslida oltin suvi yugurtirilgan tutqichi esa kumushdan yasalgan. Uni biror kishi sovg`a qilgani ko`rinib turibdi. To`pponcha jangovor bo`lgani bois u bosh vazirning uyida noqonuniy ravishda saqlangan.
5 fevral kuni Dog`istonning qo`lga olingan rahbarlarining uyida tintuvlar o`tkazilgan. Xususan, Gamidovning uyidan oltin suvi yugurtirilgani TT, Beretta va PM to`pponchalari, 2 ta Kalashnikov avtomatlari, turli xil jangovor o`q-dorilar topilgan. Uning hashamatli uyi esa yirtqich hayvonlarning terisi, qimmatbaho mebellar va gilamlar bilan jihozlangan.
Moskva shahrining Basman sudi 6 fevral kuni Gamidov va uning o`rinbosarlari shamil Isaev, Rayudin Yusufov hamda respublikaning sobiq maorif vaziri Shaxabas Shaxovlarni firibgarlikda ayblab, 2 oyga qamoqqa olgan edi. Rossiya Tergov qo`mitasining ma`lumot berishicha, ular etkazgan zarar 95 million rublga etgan. Shu bilan birga Maxachkala meri Musa Musaev va shahar arxitektori Magomedrasul Gitinovlar ham qo`lga olingan.