Sud Novosibirsk viloyatining Barabinsk shahrida yashovchi 33 yoshli deputatning ustidan qo`zg`atilgan jinoyat ishini ko`rib chiqmoqda, deb yozdi lenta.ru nashri.
Tergovning ma`lumot berishicha, deputat 2017 yilning mart oyida bir yil ilgari ajrashgan rafiqasining uyiga borgan. Rafiqasining aliment undirish uchun sudga murojaat qilganidan deputatning jahli chiqib, u bilan urishib ketgan va nikoh uzugini qaytarib berishni talab qilgan.
Ayol uzukni qaytarishni istamagan. Shunda deputat uni polga yiqitib, qo`lini qayirgan holda nikoh uzugini echib olgan. Oqibatda ayol tan jarohati olgan. Ayni paytda deputatga nisbatan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.






