AsosiyJamiyat

Endi teleminorada suratga olish va videoga tushish mumkin

'Endi teleminorada suratga olish va videoga tushish mumkin'ning rasmi

Toshkent teleminorasida surat va video olishga qo`yilgan taqiq bekor qilindi. Bu haqda O`zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bo`yicha vazirlikning tegishli buyrug`i chiqarilgan. Unga ko`ra, Toshkent shahri aholisi va mehmonlari foye, tomosha qilish maydoni va “Koinot” restoranida cheklanmagan miqdorda video va fotosurat olishi, “selfi” qilishi mumkin.

Sayyohlar teleminora tomosha maydoni va restoranga telefonlar, planshetlar, noutbuklar va fotoapparatlar olib kirishiga ham ruxsat berildi. Ilgari bunday qurilmalar kirishdan oldin olib qo`yilib, chiqishda qaytarib berilardi.

Bu yangilik davlatimiz rahbarining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida qilindi.

    Boshqa yangiliklar