AsosiyJamiyat

Chegarasi yarim million dollardan ko`proq pul ushlab qolindi

'Chegarasi yarim million dollardan ko`proq pul ushlab qolindi'ning rasmi

O`zbek chegarachilari Qirg`izistonga 500 ming dollardan ortiq mablag` kontrabandasining oldini olishdi, deb xabar qildi "O`zbekiston 24" telekanali.

Xabarda aytilishicha, chegarachilar ruxsat etilmagan joydan chegarani kesib o`tmoqchi bo`lgan shaxsni ko`rishgan. Uning yonida katta sumka bo`lgan. Ushbu shaxsdan to`xtash talab etilganda u sumkasini tashlab, qochib ketgan.

"Sumkada skoch bilan o`ralgan 5, 15, 30 ming dollar o`ramlar borligi aniqlangan. Valyutaning umumiy qiymati 573,280 dollarni tashkil qildi", — deb aytilgan xabarda.

Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi vaqtda huquqbuzarni aniqlash bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlar amalga oshirilmoqda. O`zbekiston Jinoyat kodeksiga muvofiq naqd valyutani kontrabandasi uchun 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi qo`llanilishi mumkin.

O`zbekiston-Qirg`iziston chegarasida muntazam ravishda valyuta kontrabandachilari qo`lga olinadi. O`tgan yil dekabr oyida o`zbek chegarachilari Namangan viloyatida yashovchi 2 nafar fuqaro qo`lga olingan. Ular 469 ming dollar va 4,1 million Rossiya rubli kontrabanda qilishda gumon qilingan.

    Boshqa yangiliklar