AsosiyJamiyat

Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo`ldi

'Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo`ldi'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashabbusi bilan Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo`ldi.

Attraksion sayyohlarni ko`proq jalb qilish, shaharga bo`lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Keyinchalik bunday tomoshalar boshqa shaharlarda ham yo`lga qo`yilishi mo`ljallangan va ular nafaqat darveshlar, balki masxarabozlar, sorbonlar, ertaklar qahramonlari, masalan Xo`ja Nasriddin obrazi bo`lishi mumkin.

Bu g`oya Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan Evropa turistik markazlarini kuzatish jarayonida tug`ilgan bo`lib, keyinchalik bizning mahally muhitga moslashtirilgan.

Boshqa yangiliklar