AsosiyDunyo

Amerikalik ayol autizmga chalingan qizini oqartiruvchi vosita bilan davolamoqchi bo`ldi

'Amerikalik ayol autizmga chalingan qizini oqartiruvchi vosita bilan davolamoqchi bo`ldi'ning rasmi

AQShning Indianapolis shahrida yashovchi ayol autizmga chalingan qizini davolash niyatida uning ovqatiga kirni oqartiruvchi vosita (otbelivatel) soldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Rafiqasining bu ishidan xavotirga tushgan erkak, 28 yoshli turmush o`rtog`ining qilmishlari haqida polisiyaga xabar berdi. Uning ma`lum qilishicha, ayol oqartiruvchi vositaning davolash xususiyatlari haqida Facebook ijtimoiy tarmog`ining guruhlaridan biridan ma`lumot olgan.

Ayol 10 fevral kuni qamoqqa olindi. Qizni esa ijtimoiy xizmat vakillari olib ketishdi. Vasiylik organlari surushtiruv ishlarini boshlab yuborishgan. Qizcha va uning ota-onasi haqidagi ma`lumotlar oshkor etilmagan.

    Boshqa yangiliklar