Suriyaning Rakka provinsiyasida terrorchilar qurboniga aylangan odamlar ko`milgan ommaviy qabrlar topildi, deb xabar berdi NTV.ru nashri.
Ommaviy qabrlar Suriya armiyasi tomonidan ozod etilgan Ar-Ramasan tumanidan topilgan. Chuqur qilib qazilgan o`radan “Islom davlati” jangarilari tomonidan qiynab o`ldirilgan tinch aholi va harbiylarning o`nlab jasadlari topildi.
Eslatib o`tamiz, Rakka shahri 2013 yildan beri jangarilar nazorati ostida bo`lib, uzoq yillar davomida IShIDning “norasmiy poytaxti” deb hisoblanib keldi. O`tgan yilning oktyabr oyida Rakka shahri “Suriya demokratik kuchlari” otryadi tomonidan ozod etilgan.






