AsosiyJamiyat

O`zbekistonda oylik ish haqini 350 ming so`mdan past belgilash ma`n etiladi

'O`zbekistonda oylik ish haqini 350 ming so`mdan past belgilash ma`n etiladi'ning rasmi

2017 yilda eng kam o`rtacha ish haqi respublika hududlari orasida Namangan viloyatida qayd etilgan. Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yilda viloyatda o`rtacha hisoblangan oylik ish haqi 1 million 140 ming so`mni tashkil etgan.

Shuningdek, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi oyliklar miqdori ham respublikadagi o`rtacha ish haqidan 20 foiz kam bo`lgan.

O`rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 1 million 986 ming so`mni (respublikadagi o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7 foiz), Navoiy viloyatida 1 million 926 ming so`mni (132,6 %) va Toshkent viloyatida 1 million 559 ming so`mni (107,3 %) tashkil etgan.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga muvofiq, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to`liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to`lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi (2017 yil yanvar-dekabr oylarida 354,3 ming so`mni tashkil etgan) bo`yicha belgilangan miqdordan oz bo`lishi mumkin emasligi ko`rsatib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar