1

Qashqadaryoda uka o`z akasini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 16.02.2018, 17:48
Qashqadaryoda uka o`z akasini pichoqlab o`ldirdi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida aka-uka o`rtasida oilaviy nizo kelib chiqadi.

14 fevral kuni soat taxminan 19.30da Charmgar MFY Nomozgoh ko`chasi 65-uyda yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan B.Hasanov uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan akasi, 1989 yilda tug`ilgan A.Hasanovning elka va ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, A.Hasanov kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. O`z akasining qotiliga aylangan uka, B.Hasanov esa IIB xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1