1999 yil 16 fevral kuni, soat 10:45—12:00 oralig`ida Toshkentning turli nuqtalarida oltita portlash yuz bergan edi.
Ushbu video lavhada O`zbeksitonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov, o`sha kuni Toshkentda sodir bo`lgan bir qator portlashlardan so`ng Mustaqillik maydoniga etib kelgan payti aks etgan.
Terakt Toshkent shahrining bir necha joylari, shular qatorida Mustaqillik maydoni, Ichki ishlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida sodir bo`lgan. Terroristik xurujlar natijasida 16 ta inson hayotdan ko`z yumgan hamda 100 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.






