AsosiyDunyo

Moskva bog`chalaridan birida uch yoshli qiz sayr vaqtida muzlab o`lib qoldi

'Moskva bog`chalaridan birida uch yoshli qiz sayr vaqtida muzlab o`lib qoldi'ning rasmi

Rossiya Tergov qo`mitasi o`z saytida Moskva bog`chalaridan birida tarbiyalanuvchi uch yoshli qizchaning sayr vaqtida muzlab o`lib qolgani haqida xabar bergan, deb yozdi lenta.ru nashri.

16 fevral kuni ertalab bog`cha kichkina guruh tarbiyachisi va enagasi bolalardan biri ko`cha sayridan qaytmaganligini sezib qolishdi. Qidiruv natijasida qizcha o`yin maydonchasidagi qor uyumi ustidan hushsiz holda topilgan. Bog`cha xodimalari tez yordamga qo`ng`iroq qilishdi. Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar qizchaning o`limini qayd etishdi.

Nashrning xabar berishicha, vafot etgan qizchaning otasi polisiyaga farzandining sog`ligida muammolar bo`lmaganligini, yaqin kunlarda tanasida ko`kargan izlarga ko`zi tushganligini, bog`cha opa buni “o`yin paytida yiqildi”, deb izohlaganini, oxirgi paytlarda qizcha “bog`chaga bormayman”, deb xarxasha qilganligini ma`lum qilgan.

Tergovchilar surushtiruv ishlarini olib bormoqdalar. Kuzatuv kameralari yozuvlari ham o`rganilmoqda. Bog`cha xodimalariga nisbatan “o`z ishiga sovuqqonligi , ehtiyotsizligi tufayli odam o`limiga sabab bo`lganlik” fakti bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar