1

Floridadagi fojeaning yangi tafsilotlari

Dunyo 17.02.2018, 08:19
Floridadagi fojeaning yangi tafsilotlari

Florida shtatining Parklend shaharchasida minglab odamlar kuni-kecha Mardjori Stounman Duglas maktabida vafot etgan 17 kishining xotirasini yod etish uchun to`plandilar. Kasalxonalarda hozirda 15 kishi qolmoqda, uch kishining ahvoli o`ta jiddiy.

Hujum qilgan kishi 19 yoshli Nikolas Krus bo`lib chiqdi, avvalroq u ushbu maktabdan haydalgan edi. O`qituvchi va o`quvchilarga qarata u AR-15 vintovkasidan o`q uzgan va tezda voqea joyidan g`oyib bo`lgan. Qo`lga olinishidan avval u restoranda ovqatlanib magazinga kirishga ham ulgurgan.

Bolani taniganlarning aytishicha, u doim har erda muammolar tug`dirib yurgan. Avvaliga Krus o`gay onasi bilan yashagan, o`tgan yilining noyabrida esa onasi o`lganligi sababli yolg`iz qolgan. Keyin esa yangi oilaga ko`chib o`tgan.

Polisiyaning bergan habariga ko`ra, qurolni ayblanuvchi qonuniy yo`l bilan bir yil oldin sotib olgan. Aynan shu paytda Youtubeda Nikola Krus ismli noma`lum shaxs “men o`q uzishni professionallar darajasida o`rganaman” deb sarlavha qoldirgan. Ushbu ish yuzasidan FBR tergov ishi ochgan, ammo sarlavhani kim yozganligi aniqlanmay qolgan.

Krusga qarshi 17 odamning hayotiga zomin bo`lganligi sababli jinoiy ayblov qo`yildi. Sudlanuvchining advokati Krusni “hayotda yiqilgan va barcha qilmishlarini anglagan holda amalga oshirgan odam” degan xulosaga keldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1