Xabaringiz bor, Zo’r TV telekanali orqali turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevgi iztiroblari” seriali berib kelinayotgan edi. Serial tomonidan ilgari surilgan g`oyalar o`zbek mentalitetiga to`g`ri kelmagani uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda serial qattiq tanqid ostiga olingandi.
Ushbu serial qahramonlariga ovoz bergan aktyorlardan biri Alisher Uzoqov instagramdagi o`z sahifasida serial namoyishi telekanaldan olib tashlanayotganiga ishora bergan. “Bugun so`nggi marotaba qahramonlaringizni ko`rib qoling...”, deb yozadi aktyor.
“Sevgi iztiroblari” seriali namoyishi to`xtatilgan. Ushbu serialning so`nggi qismi bugun, 16 fevral kuni namoyish etildi.
Aktyor bu xabarni o`z sahifasiga joylashtirgach xatto muxlislarining biri bilan tortishishgacha bordi.