1

Bir otar mol uchun qirqqa yaqin afrikalik bir-birini otib o`ldirdi

Dunyo 17.02.2018, 17:52
Bir otar mol uchun qirqqa yaqin afrikalik bir-birini otib o`ldirdi

Nigeriyada bir otar mol uchun bo`lgan otishmada 36 nafar odam qurbon bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Voqea Nigeriyaning Zamfara shtatidagi Birana qishlog`ida ro`y berdi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, 13 fevral kuni mahalliy ovchilardan biri o`g`irlangan uy hayvonlarini haydab ketayotgan cho`ponlarga duch kelgan. Ovchi o`tlar orasiga yashirinib, cho`ponlarni kuzatgan va qo`shni tumandagi jinoyatchilarning oldiga borib, ularni cho`ponlarga hujum qilishga ko`ndirgan.

Ertasi kuni pistirmada turgan jinoyatchilar cho`ponning yo`lini to`sishgan va otishma boshlangan. Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar va harbiylar 18 nafar jasadga duch kelishgan. Jinoyatchilar halok bo`lgan do`stlarining jasadlarini o`zlari bilan olib ketishgan. Ayni paytda jinoyatchilarni qidirib topish ishlari davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mahalliy hukumatni bo`lib o`tgan voqeani yashirganlikda ayblamoqda. Otishmada halok bo`lganlarning dafn marosimi aks etgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1