1

Minglab amerikaliklar erkin qurol sotilishiga qarshi namoyish o`tkazishdi

Dunyo 18.02.2018, 17:22
Minglab amerikaliklar erkin qurol sotilishiga qarshi namoyish o`tkazishdi

Amerikaning Florida shtatidagi Fort-Loderdeyl shahrida bir necha ming o`smirlar hamda ularning o`qituvchilari va ota-onalari butun Qo`shma Shtatlar bo`ylab erkin qurol sotish nazoratini kuchaytirishga qaratilgan namoyishga chiqishdi. Bunga Parklenddagi o`rta maktabda sodir bo`lgan otishma sabab bo`lgan. Otishma qurbonlari 17 kishini tashkil etgan, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Aksiya qatnashchilari xukumatdan qonunchilikni o`zgartirish bo`yicha tezkor chora-tadbirlar ko`rishlarini talab qilishdi.

“Qurol bilan bog`liq qonunlarni deb men bilgan va sevgan insonlarim xalok bo`lishdi. Endi ular oramizda yo`q”, – deya aytib o`tdi namoyish qatnashchilaridan biri. “Agar demokrat respublikachi va boshqa siyosatchilarni birlashtiruvchi kuch bo`lsa, bu – bizning farzandarimizdir”, – deya ta`kidladi namoyishning ota-onalar safidagi qatnashchisi. Boshqalar esa siyosatchilardan milliy o`qchilar assosiyasiyasidan dotasiya qabul qilishni bas qilishlarini talab qilishdi.

Avvalgi xabarlarga ko`ra, Parklendda otishma uyushtirgan amerikalik Instagram sahifasiga o`zining qurol-yaroq bilan tushgan fotosuratlarini joylashtirishni yaxshi ko`rgan. Okrug rahbari Brovard Bim Ferning aytishicha, jinoyatchi bir qancha vaqt psixolog ko`rigidan o`tgan, biroq keyinchalik davolanishni to`xtatgan.

O`quvchilarning ommaviy ravishda otib tashlanishi 14 fevral kuni sodir etilgan. Xujumni sodir etgan Nikolas Kruz qo`lga olingan. Oqibatda 17 kishi xalok bo`lgan yana 14 nafari tan jarohati olgan. Qurbonlar soni ortishi ehtimoldan holi emas, jabrlanuvchilarning uchtasi og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1