Rossiyalik kosmonavt Anton Shkaplerov Xalqaro kosmik stansiyadan Orol dengizini fotosuratga oldi, deya yozmoqda Ntv.ru nashri.
Fotosuratda O`zbekiston va Qozog`iston chegarasida joylashgan Orol dengizi qariyb qurib qolgani ko`rinib turibdi.
Shkaplerov afsus bilan tabiiy suv havzasining suv sathi fojiaviy ravishda pasayib ketganini bildirdi. Shu bilan birga, XX asrning 60-yillarida Orol dunyoda kattaligi bo`yicha to`rtinchi o`rindagi ko`l bo`lganligini ham aytib o`tdi.
Orol dengizining suv sathi 1960 yildan boshlab pasaya boshlagan. Buning asosiy sabablaridan biri unga kelib quyiladigan Amudaryo va Sirdaryoning er maydonlarini sug`orish maqsadida to`sib qo`yilganidir. 1989 yili dengiz ikkiga – Shimoliy (Kichik) va Janubiy (Katta) Orol dengiziga bo`linib ketgan.