1

Takrorlanmas va “Yuzsiz” Jon Travolta

Dunyo 18.02.2018, 18:53
Takrorlanmas va “Yuzsiz” Jon Travolta

Bugun ko`pchilikning sevimli aktyoriga aylanib ulgurgan Jon Travolta 64 yoshga to`ldi. Bu haqda znaj.ua nashri yozmoqda.

Travolta “Yuzsiz”, “Kriminal asar”, “Parijdan muhabbat ila”, “Kleyton bazasi”, “Fenomen”, “49-jamoa: olovli zinapoya”, “Jang maydoni: Zamin” kabi bir-biridan ajoyibu g`aroyib kinofilmlardagi qiziqarli rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan.

Jon Travolta samolyotlar ishbozidir – uning aviaxiyobonida bir nechta shaxsiy uchoqlari bor. Shuningdek, Jon yaxshigina raqqos va qo`shiqchi hamdir.

2009 yili aktyor eng aziz insoni – sevimli o`g`li 16 yashar Jet Travoltadan ayriladi: Bagam orollarida dam olishga borgan xonadonning to`ng`ich farzandi Jet baxtsiz hodisa tufayli halok bo`ladi.

64 yoshni qoralaganiga qaramay Jon Travolta dram, jangari, kriminal, melodrama, fantastik filmlarda rol ijro etishdan charchamayapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1