1

“Qonli yakshanba” : Dog`istonda pravoslavlar o`qqa tutildi

Dunyo 19.02.2018, 09:57
“Qonli yakshanba” : Dog`istonda pravoslavlar o`qqa tutildi

Dog`istonning Kizlyar shahrida mahalliy fuqarolardan biri pravoslav nasroniylarning Maslenisa bayramini nishonlayotgan odamlarga qarata o`q uzdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, to`rt inson vafot etgan, yana to`rt nafari jabrlangan. Lekin Dog`iston sog`liqni saqlash vazirligi jabrlanganlar besh nafar bo`lgani haqida xabar tarqatgan. Ularni Kizlyar shahridagi markaziy shifoxonaga keltirishgan. Vafot etgan to`rt nafar qurbonlarning barchasi ayollardir. Keyinroq, yarador bo`lganlardan biri shifoxonada hayotdan ko`z yumgan.

Kuch ishlatar tizim xodimlari hujum qilgan shaxsni yo`q qilishgan. U 1995 yilda tug`ilgan mahalliy fuqarolardan biri Xalil Xalilov bo`lib chiqdi.

Manbaning so`zlariga ko`ra, qurbonlarning barchasi hujum uyushtirilgan vaqtda cherkovdan qaytishayotgan bo`lishgan. Qotil avval hech qachon polisiyaning nigohiga tushmagan va radikal oqimlarga aloqador bo`lmaganligi ma`lum bo`ldi.

«Soat 16:30 larda noma`lum erkak ov miltig`idan fuqarolarga qarata o`t ochgan», — degan mintaqaviy IIV vakili. Uning so`zlariga ko`ra, jabrlanganlar orasida ikki nafar polisiya xodimi ham bor.

Voqea joyida tergovchi va surishtiruvchilar ishlashmoqda, «Qotillik» va «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hayotiga qasd qilish» moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1