1

Malayziyaning O`zbekistondagi elchisi o`z missiyasini yakunlamoqda

Siyosat 19.02.2018, 14:20
Malayziyaning O`zbekistondagi elchisi o`z missiyasini yakunlamoqda

Bugun, 19 fevral kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o`z missiyasini yakunlayotgan Malayziya favqulodda va muxtor elchisi Dato Noraini binti Abd Hamidni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog`ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbolli yo`nalishlari, qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

«Uchrashuvda turizm sohasidagi o`zaro hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Malayziya fuqarolari uchun 2018 yil 10 fevraldan e`tiboran 30 kungacha vizasiz tartib joriy etilishi hamda ‘Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent’ yo`nalishida to`g`ridan-to`g`ri aviareyslar Malayziyadan turistik oqimlarning yanada ko`payishi, jumladan Samarqand va Buxoro islomiy yodgorliklarida ziyorat hajmi oshishiga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

O`zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan elchiga ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qo`shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik izhor etildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1