1

Qizini cho`qintirgan amerikalik ayol qamoqqa olindi

Dunyo 19.02.2018, 14:26
Qizini cho`qintirgan amerikalik ayol qamoqqa olindi

AQShning Shimoliy Karoliga shtatida yashovchi ayol qizini cho`qintirgani uchun bir haftalik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

36 yoshli Kendra Stoks 16 fevral kuni qamoqqa olingan. 2016 yilning avgust oyida ayol qizining otasi bilan kelishmasdan cherkovga borib, qizini yashirincha cho`qintirgan. U eri bilan marosimni o`tkazish kuni bo`yicha bir qarorga kelolmagan.

Erkak Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan suratlar orqali qizining cho`qintirilganini bilib qolgan va rafiqasidan jahli chiqib, uni sudga bergan. Avvaliga Stoksga 10 kun ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, keyin mazkur jazo 3 kunga qisqartirilgan.

Nashrning xabar berishicha, juftlik bor-yo`g`i 6 oy birga yashagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1