AsosiyJamiyat

20 fevral kuni havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi

'20 fevral kuni havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-3, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Ustyurt bo`ylab kechasi 8-10 darajagacha, kunduzi 0-2 darajagacha sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab 0-5, ayrim joylarda 8-10 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol vaqti-vaqti bilan sekundiga 17-22 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar