1

Filipp Kirkorov qizining konkida uchishini orzu qilmoqda

Dunyo 19.02.2018, 15:23
Filipp Kirkorov qizining konkida uchishini orzu qilmoqda

Filipp Kirkorov qizini olimpiada g`olibi sifatida ko`rishni orzu qilmoqda, deb xabar berdi NTV telekanali.

Estrada qiroli 6 yoshli qizi Alla-Viktoriya va 5 yoshli o`g`li Martinlarning omma oldida o`zlarini erkin tutishlaridan faxrlanishini hech kimdan yashirmaydi.

Alla-Viktoriya va Martin o`tgan yili yozda, Sochida ilk marotaba katta sahnaga qadam qo`yishgan edi. Filipp Kirkorov o`shanda farzandlari uchun juda hayajonlangan edi. Biroq bolalari uning yuzini erga qaratishmadi. Endi esa Filipp Kirkorov qizining konkida uchishini istamoqda. Unda bunday istak bo`lishiga Yana Rudkovskaya va Evgeniy Plyushenkoning o`g`illari sabab bo`ldi.

Besh yoshli Sasha, ya`ni Gnom Gnomich yosh bo`lishiga qaramay, hamma narsaga ulguradi. U moda jurnallarida fotosessiyalarda qatnashadi, figurali uchish bo`yicha ham rekord natijalarga erishgan. Kichik Plyushenko kuniga bir necha soat vaqtini muz ustida o`tkazadi. U “Shelkunchik” myuziklida kuniga 2 mahal, umumiy hisobda 20 marotaba kattalar bilan bir safda shouda ishtirok etdi.

Yana Rudkovskayaning aytishicha, Filipp Kirkorov qizini Plyushenkoning figurali uchish akademiyasiga yozdirdi. U qizi Alla-Viktoriyaning kichkina Plyushenko bilan juftlikda figurali uchishini tomosha qilishni orzu qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1