1

Hindistonda minalangan avtomobil portlashi oqibatida siyosatchi halok bo`ldi

Dunyo 19.02.2018, 15:52
Hindistonda minalangan avtomobil portlashi oqibatida siyosatchi halok bo`ldi

Hindistonning sharqiy qismida joylashgan Megxalaya shtatida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida to`rt kishi, shu jumladan oppozision siyosatchi halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea dushanba kuni kechasi shtatning ma`muriy markazi bo`lgan Shillong shahridan 250 kilometr uzoqlikda sodir bo`lgan. Portlash vaqtida avtomashinada Hind milliy kongressining navbatdagi sayloviga nomzodi qo`yilgan siyosatchi Jonaton Sangma bo`lgan.

U bilan birga mashinada haydovchi va ikki nafar polisiya xodimi ham bo`lgan. Portlash oqibatida ularning hammasi halok bo`ldi.

“Mazkur portlashda ekstremistik guruh jangarilarining qo`li borligi ma`lum bo`ldi. Ular mashinani portlatishda qanday portlovchi moddadan foydalanishgani yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda”, deb ma`lumot berdi huquq-tartibot idorasi xodimi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1